Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vazirligi tuzilmasida yangi tayinlovlar bo‘ldi

Moliya vazirligi tuzilmasida yangi tayinlovlar bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

Moliya vazirligi tuzilmasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi. 

Jumladan, Astanov Zafar Murodillayevich vazirlikning Iste’mol bozori, transport, aloqa va turizm sohalarini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Zafar Astanov 1981-yilda Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 2003-yilda Samarqand kooperativ instituti va 2005-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetlarini tamomlagan.

Bo‘riyev Jasur G‘afurovich Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jasur Bo‘riyev 1988-yilda Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2010-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring