Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi «Gazmprobank»ning Aleksey Matveyev boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari bilan muhokamalar o‘tkazdi (foto)

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi «Gazmprobank»ning Aleksey Matveyev boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari bilan muhokamalar o‘tkazdi (foto)

So‘nggi yillarda O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda va albatta bunda chet el kapitali jalb qilinayotgani hamda yirik loyihalarning o‘rni muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Loyihalarni amalga oshirishda xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb qilmasdan qo‘yilgan maqsadlarga erishishning iloji yo‘q. Bu yo‘nalishda kompaniya ko‘plab xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan hamkorlik qilmoqda.

Ana shunday hamkorlik doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi mas’ullar hamda «Gazmprobank» AJning Aleksey Matveyev boshchiligdagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash kerakki, Rossiyaning eng yirik universal banklaridan biri bo‘lgan va Markaziy hamda Sharqiy Yevropadagi banklar ro‘yxatida xususiy kapitali bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallagan «Gazprombank» AJ bilan muvaffaqiyatli faoliyat borasida alohida ta’kidlash kerak. Bank kompaniyaning asosiy loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etayapti.

Bugungi kunda «Gazprombank» AJ bilan hamkorlik doirasida strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qariyb 1,1 milliard dollar miqdorida bank krediti jalb qilingan. Ayni bugungi uchrashuvda ham, «O‘zbekneftgaz» AJ loyihalarni moliyalashtirish istiqbollari va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlarning ko‘p yillik hamkorligi davomida qisqa muddatda sezilarli natijalarga erishishga imkon beradigan samarali ta’sir o‘tkazish mexanizmlari shakllantirildi.

Dunyodagi yirik korxonalar ro‘yxatida (yo‘nalishi bo‘yicha) 6-o‘rinda e’tirof etiladigan «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish maqsadida Xitoy, Rossiya va Koreya banklaridan 2,3 mlrd dollar miqdorida kredit mablag‘lari, jumladan, «Gazprombank» dan olingan kreditlar – 120 mln dollarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, «Gazprombank» moliyaviy maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatdi: u loyihaning moliyaviy modelini tanlashda muhim rol o‘ynagan, Xitoy va Koreya banklari bilan muzokaralarda va kredit shartnomalarini tuzishda faol ishtirok etgan.

GTL loyihasining mantiqiy davomiga aylangan «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi» doirasida 280 ming tonna poliyetilen, 100 ming tonna polipropilen va 50 ming tonna pirol distillatni ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish uchun 430 ming tonna miqdorida sintetik nafta qayta ishlanadi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha yangi istiqbolli gaz-kimyo loyihalari, shartnomalarni bank tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish, shuningdek, ushbu sohadagi tajribani o‘rganish bo‘yicha hamkorlik nuqtai nazaridan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini o‘rganish, zarur ma’lumotlar almashishga qaror qilindi.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring