Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan rivojiga kamarbasta bank

Namangan rivojiga kamarbasta bank

«O‘zmilliybank»ning Namangan bo‘limi viloyatda amalga oshirilayotgan yirik ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni muvaffaqiyatli moliyalashtirib, hududning har tomonlama taraqqiy etishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shish barobarida aholiga namunali bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Buning uchun bo‘lim tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini zamonaviy talablar doirasida tashkil etish maqsadida bank bo‘limining mijozlarga xizmat ko‘rsatish zallari qayta ta’mirdan chiqarildi va eng so‘nggi rusumdagi texnikalar bilan jihozlandi.

Shu bilan birga mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini doimiy nazoratda olib borish maqsadida bank bo‘limida «korporativ boshqaruvchi» lavozimi joriy qilindi. Barcha xodimlar bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan «O‘zmilliybanknning standart qoidalari» asosida qayta malakalari oshirilib, xodimlar bankning brendi, ranglari asosida tikilgan yagona uniforma bilan ta’minlandi.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida aholi zich joylashgan hududlarda zamonaviy talablarga javob beradigan «Bank xizmatlari ko‘rsatish markazlari»ning tashkil qilinishi mahalliy aholiga bank xizmatlaridan keng foydalanishga imkon yaratdi.

Ayniqsa, bank tomonidan xorijiy kredit liniyalardan unumli foydalangan holda ulkan loyihalarni amalga oshirib kelayotganini e’tirof etish darkor. Xususan, joriy yil davomida bank bo‘limi xorijiy kredit liniyalar hisobidan 9 mln. AQSh dollari miqdorida kreditlar ajratdi.

Bundan tashqari, bank bo‘limi tomonidan ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashda ham xorijiy liniyalardan unumli foydalanilmoqda. Xususan, «ATLANT TOWELS» MChJ ham ana shunday imkoniyatlardan foydalangan holda Namangan viloyati, Uychi tumanida, 1 gektardan ortiq maydonda to‘quv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan korxona bunyod etdi. Xitoy Davlat Taraqqiyot bankining 987,3 ming AQSh dollarilik kredit liniyasi hisobiga esa zamonaviy dastgohlarni olib kelib o‘rnatdi. Ayni damda korxonada 200 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, yiliga 4800 dona sochiq mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan, paxta tolasidan yigirilgan kalava ip va sochiq maxsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kompleks uchun O‘zmilliybank tomonidan Xitoy Eksimbanki mablag‘lari orqali 2 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratilgan. Mazkur kompleksni ishga tushirish ishlari III boskichda amalga oshirilmoqda.

Birinchi bosqichda, olingan kredit mablag‘i hisobiga, «Oktosh tekstil» MChJ tomonidan XXR da ishlab chiqariladigan to‘qish kompleksi dastgohlari xarid qilinib, 400 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shulardan 220 nafari kasb-hunar kollej bitiruvchilaridir. Korxona yiliga 2,0 ming tonna yoki 10,0 mln. AQSh dollariga teng tayyor momiq sochiq maxsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lib, mahsulotning 90 foizi yoki yiliga 9,0 mln. AQSh dollarilik eksport qilish rejalashtirilgan.

Loyihaning ikkinchi bosqichi uchun, banki tomonidan Germaniyaning AKA banki mablag‘lari orqali 200 ming Yevro miqdorida kreditlar ajratildi. Mazkur mablag‘ hisobiga Italiyadan ITEMA R9500 TERRY rusumli to‘quv dastgohlari olib kelib o‘rnatiladi. Buyurtma qilingan texnikalar yiliga, 2000 tonnaga yaqin momiq sochiqlarni ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ikkinchi bosqichda, korxonada 500 ga yaqin yangi ish o‘rinlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston milliy banki Namangan viloyati bo‘limi tomonidan, yuqorida keltirilganlardan tashqari yana bir qator istiqbolli loyihalar ham moliyalashtirildi.

Jumladan, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki liniyasi mablag‘lari orqali «Safo samo savdo servis» MChJning muzlatgichli omborxona qurish loyihasi uchun 200 ming AQSh dollari ajratilgan bo‘lsa, «Agro eksport savdo» MChJ ning dukkakli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uskunasini sotib olish uchun 135,50 ming AQSh dollari miqdorida koyedit berildi. Undan tashqari, «Namangan rezina plast» Sho‘’ba korxonasining Metal forma (qolip) ishlab chiqarish loyihasiga Koreya Eksimbanki mablag‘lari hisobidan 932,25 ming AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

Bundan tashqari viloyat bo‘limi va uning filiallari orqali joriy yil davomida yuridik shaxslarga turli yo‘nalishlar bo‘yicha milliy valyutada jami 287,50 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Muxtasar aytganda, «O‘zmilliybank» Namangan viloyat bo‘limi hududning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida o‘z o‘rniga ega tashkilotlardan biri hisoblanib, kelgusida bundan-da yirik loyihalarni moliyalashtirish va viloyat rivojiga ulkan hissa qo‘shish harakatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring