Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda kichik GES kaskadlari ishga tushirildi

Namanganda kichik GES kaskadlari ishga tushirildi

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

9-iyul kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanining «Obod guliston» mahallasida Katta Farg‘ona kanaliga qurilgan kichik GES kaskadlari ishga tushirildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Umumiy qiymati 31 million AQSh dollariga teng bo‘lgan bu loyiha, «O‘zbekgidroenergo» AJning 22,3 million dollar o‘z mablag‘lari hamda Xitoyning «Eksimbank»i tomonidan ajratilgan kredit hisobiga qurib bitkazildi. Loyihaning o‘zini o‘zi qoplash muddati 8,5 yil deb belgilangan.

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

6 megavattlik ikki kichik GESdan iborat kaskad Katta Farg‘ona kanalining PK 142 hamda PK 184 uchastkalari oralig‘ida insho etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi «2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida»gi Qarori doirasida «O‘zbekgidroenergo» AJ tarkibida barpo etilgan bu kichik GES kaskadlari ishga tushishi natijasida Namangan viloyatida elektr energiyasi ishlab chiqarish yiliga 72,89 mln. kvt/soatga ortdi. Buning natijasida Uchqo‘rg‘on tumanidagi 48 ming xonadon ekologik toza texnologiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring