Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nasldor quyonlarni yetishtirishdagi xatolar

Nasldor quyonlarni yetishtirishdagi xatolar

Foto: «Xabar.uz»

Xorijdan olib kelingan nasldor quyonlarga aksariyat hollarda bizning iqlimimizda yetishtirilgan o‘simliklardan tayyorlangan birorta ozuqa to‘liq mos kelmaydi. Har bir quyon zoti uchun moslab tayyor ozuqaga u yoki bu mahsulotni qo‘shib, boyitishga to‘g‘ri keladi. Quyonchilarning o‘zlari tajriba yo‘li bilan o‘zlari boqayotgan quyonlarning holatiga qarab ozuqa berishga majbur. Natijada xatolarga ham yo‘l qo‘yiladi, bu o‘z navbatida hayvonlarning kasallanishiga, hatto nobud bo‘lishiga ham olib kelishi mumkin.

Natijada quyonchilik sohasining rivojlanishiga to‘siq paydo bo‘ladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazi SAT ilmiy akseleratori ishtirokchisi, chorvachilik uchun yem tayyorlashning yangi usullarini joriy etayotgan N E F jamoasi a’zosi Ibrohim Hidoyatovning aytishicha, quyonlarga tayyor yem tayyorlashning asosiy muammolaridan biri bu nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda naslli quyonlar uchun kombinatsiyalangan konsentrlangan universal ozuqaning mavjud emasligidir.

Shu kabi muammolarni hal qilish maqsadida ham N E F jamoasi ko‘rgazma davomida O‘zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi bilan tajriba poligoni tashkil qilishga kelishdilar.

Foto: «Xabar.uz»

Poligonda mavjud quyonlarning nasl qoldirishda standart ko‘rsatkichlarni saqlab qoladigan darajada ularning organizmining ozuqaga bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi yem variantlarini yaratish maqsad qilindi.

O‘zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi barcha quyon yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, quyonchilik bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarni, tadbirkorlarni, ilmiy-tekshirish institutlarini, umuman quyonchilik sohasiga tegishli jabhalarda mehnat qilayotgan barchani assotsiatsiya bilan hamkorlikda ishlashga chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring