Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neft va gaz korxonalarining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati sarhisob qilindi — «O‘zbekneftgaz»

Neft va gaz korxonalarining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati sarhisob qilindi — «O‘zbekneftgaz»

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev rahbarligida tizimdagi boshqarma va korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashishda olib borilayotgan faoliyatni yanada takomillashtirish va turli talon-torojliklarni oldini olishga hamda komplayens nazorat tizimini samaradorligini oshirish yuzasidan mamlakatimizda belgilangan karantin qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida bo‘lib o‘tgan mazkur yig‘ilishda dastlab, «O‘zbekneftgaz» AJ Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti tomonidan 2021-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, xavf-xatarlarni baholash va minimallashtirish, moliyaviy xato-kamchiliklarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Korporativ madaniyatning ajralmas qismi sifatida «O‘zbekneftgaz» AJ xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ichki siyosat va protseduralari, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yuqori professional va ahloqiy me’yorlarga rioya etilishini ta’minlanmoqda.

Shunday bo‘lishiga qaramasdan, Jamiyat tizimidagi korxona va tashkilotlarda 2021-yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, jami 717,9 mlrd so‘mlik turli qonunchilik normalari buzilishi holatlari (91,9 mlrd so‘m kamomad va o‘zlashtirishlar, 57,8 mlrd so‘m Jamiyatga zarar, 219,9 mlrd so‘m boshqa xato va kamchiliklar, 237,7 mlrd so‘m «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJ tomonidan mas’ul saqlashga qo‘yilgan mahsulotlarni o‘zboshimchalik bilan berib yuborish holatlari) aniqlanib, ularni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan Jamiyat Boshqaruvi hamda xuquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Hududlardagi komplayens inspektorlari tomonidan olib borilgan mavzuli va masofaviy o‘rganishlar natijasida 153,9 mlrd so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlandi.

Olib borilgan profilaktik nazorat ishlari natijasida jami 153,8 mlrd so‘m qarzdorliklar undirildi va noo‘rin holatlarni oldi olinib, 149,6 mlrd so‘mlik mablag‘ Jamiyat foydasiga iqtisod qilishga erishildi.

Komplayens nazorat sohasida tizim korxonalarida o‘tkazilgan o‘rganishlarda 244 ta qarindosh-urug‘chilik holatlari aniqlangan va olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 152 ta holat bartaraf etilgan.

Jamiyat tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jami 617 ta korrupsion va boshqa xavf-xatarlar ro‘yxati shakllantirilib, ular kamaytirish bo‘yicha jami 1092 ta chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Asosiysi, Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida boshqaruv tizimini joriy etilganligini belgilovchi – ISO 37001:2016 xalqaro muvofiqlik sertifikati qo‘lga kiritildi va hamda 50 nafar mutaxassislar ushbu standart bo‘yicha xalqaro ekspertlar tomonidan o‘qitilib, ularga tegishli sertifikatlar taqdim etildi.

Jamiyatda korrupsiyani oldini olishga va komplayens faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan 46 ta ichki me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va Jamiyat Boshqaruvi tomonidan amaliyotga qabul qilindi.

Departament faoliyatida ochiqlikni va shaffoflikni ta’minlash maqsadida 1010 nafar xodimlar o‘rtasida anonim so‘rovnomalar o‘tkazilib, tahlil qilib borilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJning amalda faoliyat yuritib kelayotgan 2089 nafar xodimlaridan manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyasi olingan.

«O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan yoki yo‘l qo‘yilgan korrupsion holatlar, yuzaga kelayotgan manfaatlar to‘qnashuvi hamda boshqa salbiy oqibatlar yuzasidan xabarlar uchun Aloqa kanallari, jumaladan Ishonch telefoni (+(99871) 233-28-88), Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti pochta manzili (compliance@ung.uz) va Telegram bot: @ung_anticorBot faoliyati ishga tushirildi.

Ta’kidlash joizki, faoliyatni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolanib ikkitomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo‘lida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish yo‘nalishida hamkorliklar izchil olib borilmoqda, «Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar» ijrosi to‘liq ta’minlandi.

Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jumladan Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi organlari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Misol uchun, 39 ta mavzuli o‘rganishlarda aniqlangan 251,3 mlrd so‘mlik xato-kamchiliklar bo‘yicha ma’lumotlar huquq tartibot idoralariga huquqiy baho berish maqsadida yuborildi.

Shundan, 28 tasi bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 4 tasi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, aniqlangan kamomadlar undirilgan va 5 ta holatda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yig‘ilish davomida, Jamiyat Boshqaruv raisi M.Abdullayev tomonidan yuqorida keltirib o‘tilgan ijobiy ko‘rsatgichlarga erishishda jonbozlik ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish va faoliyati davomida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlar, komplayens inspektorlariga tanqidiy baho-berildi.

Jumladan:

  • inspektorlar faoliyatini to‘laqonli amalga oshmayotganligini va korxona mas’ullari bilan hamjihatlikda yuritilmayotganligi;
  • ayrim inspektorlarning komplayens sohasidagi malakasi xali bu vazifaga yetarli bo‘lmayotganligi;
  • komplayens nazoratini amalga oshirish jarayonida nafaqat kamchiliklarni aniqlash va jazolash, balki ularni yo‘l qo‘yilishini oldi olinish bo‘yicha profilaktik choralarni keng qo‘llash, Jamiyatning barcha sohalaridagi jarayonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion va boshqa xavf-xatarlarni aniqlashga va ularni bartaraf etishga ko‘proq e’tibor qaratilishi;
  • komplayens inspektorlarini malakasini oshirish, attestatsiyadan o‘tkazish, tegishli mutasaddi tashkilotlardan mutaxassislarni jalb qilgan xolda o‘qitish dasturi tuzilishi lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, Boshqaruv raisi tomonidan Departament faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida 2022 yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

«O‘zbekneftgaz» AJ moliyaviy va komplayens nazorat departamenti

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring