Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston bo‘ylab Mastercard kartalaridan to‘lovlar qabul qilina boshlandi

O‘zbekiston bo‘ylab Mastercard kartalaridan to‘lovlar qabul qilina boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

2019-yilning dekabridan boshlab Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) Mastercard xalqaro to‘lov tizimini integratsiyaladi. Endi Mastercard kartalarining egalari  butun O‘zbekiston bo‘ylab HUMO terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Bugun, 3-dekabr kuni Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) Mastercard xalqaro to‘lov tizimi bilan hamkorlikda HUMO tizimidagi Mastercard xalqaro kartalari bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilishning ishga tushirilishiga bag‘ishlangan press-brifing o‘tkazdi. Endi Mastercard kartalari egalari butun mamlakat bo‘ylab tovar va xizmatlar uchun haqni HUMO kartalariga xizmat ko‘rsatadigan terminallar orqali to‘lashlari mumkin.

«Mastercard bilan barcha texnik ishlarni muvaffaqiyatli yakunlab, uni HUMO tizimiga biriktirdik. Nihoyat, joriy yilning dekabr oyidan boshlab HUMO terminallari tarmog‘ida doirasida Mastercard kartalaridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘lganligi haqida mamnuniyat bilan xabar qilmoqdamiz. Biz uchun mamlakatimiz aholisi va mehmonlari uchun yanada kengroq qulayliklar yaratishga ko‘maklashadigan xalqaro to‘lov tizimlari bilan hamkorlikda bu juda muhim qadam. Shuni qayd qilishni istardikki, bulutli yangilanish tufayli funksionalni ishga tushirish uchun  bankka borib o‘tirishning hojati yo‘q: HUMO terminallari Mastercard to‘lovlarini qabul qilish uchun tayyor», — deydi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.  

Foto: «Xabar.uz»

«Biz O‘zbekistonda naqdsiz to‘lovlarning yanada rivojlanish istiqbollarini ko‘rib turibmiz. Bugun esa HUMO tizimi terminallarida Mastercard kartalarini qabul qilishning boshlanishi tomonlar bosib o‘tgan juda muhim bosqich deya e’tirof etish mumkin. BMPM bilan hamkorlikda biz butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan 170 mingdan ortiq terminallarga ega tarmoqqa yo‘l ochmoqdamiz. Bu esa, o‘z navbatida, bu yerga kelgan mehmonlarga O‘zbekiston hududida qilingan xaridlar uchun tez va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Ishonchim komilki, Mastercard  kartalarining HUMO terminallari orqali qabul qilinishi turizmni rivojlantirishga ko‘mak beradi, shuningdek mamlkat iqtisodiyotini yanada ochiq va harakatchan qiluvchi naqdsiz to‘lovlarning yanada jadalroq rivojlanishiga zamin yaratadi. Naqdsiz to‘lovlarni Mastercard bilan hamkorlikda rivojlantirishga tayyorligini bildirgan BMPMiga o‘z minnatdorchiligimni bildirar ekanman, ushbu yangilik tadbirkorlar va savdo-xizmat sohasi tashkilotlari vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga katta umid bog‘lab qolaman», — deya qo‘shimcha qildi Igor Stepanov, Mastercardning Gruziya va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori.

Press-brifing jarayonida jurnalistlar uchun taqdimot o‘tkazildi, u Mastercard va MBPM vakillari bilan savol-javob tarzida davom etdi. Ilgari Mastercard kartalarini qabul qiladigan 800 dan ortiq bankomat ishga tushirilganligi xabar qilingan edi. Hozirgi vaqtga kelib Mastercard kartalari egalari butun O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan 170 000 dan ortiq terminal orqali tovar va xizmatlar haqini kontaktsiz to‘lashlari mumkin. Merchant/sotuvchilardan olinadigan komissiya umumiy to‘lov summasining 1%, karta egalaridan esa 1,5%ni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring