Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston ilk bor muqobil energetikani milliy brend sifatida namoyish etmoqda

O‘zbekiston ilk bor muqobil energetikani milliy brend sifatida namoyish etmoqda

Foto: «O‘zikkilamchiranglimetall» AJ matbuot xizmati

«O‘zikkilamchiranglimetall» AJga qarashli MDH mamlakatlarida yagona bo‘lgan sanoat akkumulyatorlarini ishlab chiqarish zavodi «EXENERGY» brendi ostida o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqda. Bu haqda «O‘zikkilamchiranglimetall» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Namoyish 16-18-may kunlari «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlarida o‘tkazilayotgan «Energiya, energiya tejash va muqobil energiya manbalari» 13-Xalkaro ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tmoqda.

Zavod «EXENERGY» brendi ostida O‘zbekiston Respublikasining sanoat tizimida birinchilardan bo‘lib, ishlab chiqarish siklini butunligicha o‘z ichiga qamrab olgan sanoat akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘ygan.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PP-3012 sonli «2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tabdirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori asosida amalga oshirilyapti.

Milliy «EXENERGY» brendi ostida bunday yuqori texnologik va zamonaviy ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanishini yanada takomillashtirish, o‘zining ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsuloti bilan Davlatimiznig muqobil energetika va qayta tiklanuvchi energetika sohalarini, zahira quvvat manbalari va telekommunikatsiya sohalarini rivojlantirish, hamda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarida energiya samaradorligini yanada oshirishdir.

Zavod bugungi kun talablariga va dunyo sifat standartlariga to‘laligicha javob beradigan, iste’molchilarning barcha talablarini qondira oladigan, zamonaviy va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni maqsad qilib qo‘ygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring