Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston to‘rt oyda xorijga qancha miqdorda mebel sotgani aniqlandi

O‘zbekiston to‘rt oyda xorijga qancha miqdorda mebel sotgani aniqlandi

Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yilning dastlabki 4 oyida mebel mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan hududlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra:

-  Toshkent viloyati – 585,5 ming
-  Toshkent shahri – 540,6 ming
- Namangan viloyati – 52,3 ming
- Andijon viloyati – 49,6 ming
- Xorazm viloyati – 25,4 ming
- Farg‘ona viloyati – 24,5 ming
- Qashqadaryo viloyati – 20,1 ming
- Surxondaryo viloyati – 14,0 ming
- Samarqand viloyati – 5,2 ming
- Buxoro viloyati – 0,4 ming AQSh dollari

2021-yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston 9 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 939,7 ming AQSh dollariga ko‘p.

 O‘zbekiston 2021-yilning dastlabki 4 oyida mebel mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

- Qozog‘iston – 785,9 ming
- Qirg‘iz R. – 169,4 ming
- Tojikiston – 153,5 ming

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring