Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Tojikiston bir-birining aerodromlaridan foydalanadi

O‘zbekiston va Tojikiston bir-birining aerodromlaridan foydalanadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bilan fors-major holatlari yuzaga kelganda davlat aviatsiyasining havo hududi va aerodromlaridan o‘zaro foydalanishi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qildi.

Hujjat 2021 yil 10 iyun kuni Dushanbe shahrida imzolangan. Unga ko‘ra, har ikki tomon ham kutilmagan holatlar tufayli havo hududini qisqa muddatli kesib o‘tish uchun ruxsat so‘rashga haqli.

O‘zbekiston Qonunchilik palatasi kelishuvni 2023 yil fevralida qabul qilgan, Senat may oyi boshida ma’qullagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring