Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda 15-iyuldan eng kam ish haqi miqdori oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda 15-iyuldan eng kam ish haqi miqdori oshirilishi mumkin

Фото: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda 15-iyuldan eng kam ish haqi miqdori taxminan 7 foizga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Mubin Mirzayev «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Mubin Mirzayevning ta’kidlashicha, yil oxirida ish haqi — ikkinchi yarim yillikdagi inflyasiya darajasidan kelib chiqib yana bir bor indeksatsiya qilinadi. «Bu budjetda ko‘zda tutilgan», — qayd etgan u.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi miqdori — 172 240 so‘m.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring