Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi 2028-yilda ishga tushiriladi

O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi 2028-yilda ishga tushiriladi

Rossiya dizayni asosida O‘zbekistonda quriladigan atom elektr stansiyasi (AES) qiymati taxminan 11 milliard dollarni tashkil qiladi va birinchi energoblok 2028-yilda ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu haqda «INTERFAX» xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, Vladimir Putinning 18-19-oktyabr kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida AES loyihasiga doir ishlarga start beriladi.

Ikki mamlakat hukumatlararo kelishuviga muvofiq, O‘zbekistonda umumiy quvvati 2,4 GVt bo‘lgan ikki energoblokdan iborat AES qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha Rossiyaning «Rosatom» korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring