Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda birinchi neft koni qachon va qayerda topilgan?

O‘zbekistonda birinchi neft koni qachon va qayerda topilgan?

Foto: O‘zbekneftgaz

O‘zbekiston neft va gaz sanoati 120 yillik tarixga ega. Neft va gaz konlarini qidirish va o‘zlashtirish ishlari 1885 yildan boshlangan.

Aslida miloddan avvalgi IV asrda Iskandar Zulqarnayn va uning lashkarlari Markaziy Osiyoga yurish qilganda, bu o‘lkada «qoramoy»ni uchratgan, ammo undan qanday foydalanishni yaxshi bilishmagan.

1898 yilda muhandis S.A. Kovalevskiy boshchiligida bir guruh rus tadbirkorlari Chimyon (Farg‘ona vodiysi) qishloqlarida neft konlarini qidirishga kirishdilar. Ular 1901 yilda birinchi quduqni parmalashga kirishib, 1904 yil 278 metr chuqurlikdagi neft qatlamini ochishga erishdilar. Bu quduq sutkasiga 130 tonna neft bera boshladi. Shu kon asosida «Chimyon» neft jamiyati tuzildi.

Shuningdek 1901 yilda Moylisoyda 168 metrdan neft otilib chiqqan, sutkasiga 25 tonna neft bergan. 1903 yilda shu asosda korxona tashkil etilgan. 1907 yilda Chimyon yonidagi Yorqo‘tonda neft qudug‘i parmalanib, 1910 yilda ishga tushirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring