Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda dollar kursi keskin ko‘tarildi

O‘zbekistonda dollar kursi keskin ko‘tarildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 18 sentyabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan +176,83 so‘mga qimmatlashib, 8039,00 so‘mga yetdi. Yevro kursi esa +266,16 so‘mga oshib, 9347,75 so‘mni tashkil qildi. Rossiya rubli ham +5,46 so‘mga oshdi va 118,05 so‘m etib belgilandi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring