Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarilishi mumkin

O‘zbekistonda yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarilishi mumkin

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida Shveysariyaning “Stadler” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vagonsozlik yo‘nalishi bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu haqida "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati tomonidan xabar berilgan.

Jumladan, O‘zbekistonda yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarish hududdini tashkil etish, Markaziy Osiyo bo‘yicha eksportni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator istiqbolli loyihalar muhokamasi bo‘ldi.

Tadbirda o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan “Stadler” kompaniyasining zamonaviy texnika va texnologiyalarini sanoat korxonalarida joriy etish, elektrovozning asosiy tortish tizimi, butlovchi qismlarini mamlakatimizga yetkazib berish borasida takliflar bildirildi. Yig‘ilishda Shveysariyada tayyorlangan zamonaviy metro poyezdlari va elektrichkalar harakatini O‘zbekistonda joriy etish borasida ham so‘z bordi.

Uchrashuv so‘nggida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga ham erishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring