Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Buxoroda to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga yaroqli, oltingugurtsiz tabiiy gaz zaxirasi aniqlandi

«O‘zbekneftgaz»: Buxoroda to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga yaroqli, oltingugurtsiz tabiiy gaz zaxirasi aniqlandi

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati «Gazli» neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Uchqir» gazokondensat konidagi 203-sonli quduq 1968 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, uzoq yillar mamlakatimiz neft va gaz sanoati rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib keldi.

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida joylashgan mazkur quduq 2011 yilgacha to‘liq faoliyat olib borib, u yerdan tabiiy gaz olingan va keyinchalik quduq faoliyati tugatilib, «Tugatilgan quduqlar fondi»ga o‘tkazilgan edi.

Quduqning 14-qatlamida, ya’ni 1638-1628 metr, 1618-1616 metr chuqurlikda perforatsiya ishlari o‘tkazilib, uni ta’mirlash ishlari olib borildi. Ta’mirlash ishlari sababli esa faoliyati tugatilgan quduqda oltingugurtsiz tabiiy gaz zaxirasi mavjudligi aniqlandi va hozirda kunlik 100 ming metr kub sanoat miqyosidagi tabiiy gaz qazib olinishi ham yo‘lga qo‘yildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, konning 14-qatlamidan olinayotgan oltingugurtsiz tabiiy gaz qo‘shimcha qayta ishlashni talab qilmaydi, ushbu quduqdagi tabiiy gazni to‘g‘ri iste’mol uchun yo‘naltirsa bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring