Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Dunyoning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

«O‘zbekneftgaz»: Dunyoning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan transformatsion jarayonlar neft-gaz tarmog‘iga ham ijobiy tasir ko‘rsatmoqda.

Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning neft-gaz tarmog‘i rivojlanishiga qaratayotgan katta e’tibori va amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimiz aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini neft hamda gaz mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash imkoniyati yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qator hujjatlari bilan «O‘zbekneftgaz» AJ oldiga barcha biznes jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish, jamiyatni shaffofligini ta’minlash, moliyaviy sog‘lomlashtirish, moliyaviy hisobotlarni to‘liq xalqaro standartlar bo‘yicha olib borish va jamiyatning investitsion jozibadorligini oshirish kabi bir qator yangi vazifalar qo‘yildi.

Ushbu vazifalarni bajarish yo‘lida qator ishlar olib borildi. Jumladan, jamiyatning 2017-2020 yillar uchun xalqaro standartlar bo‘yicha konsolidatsiyalashgan hisobotlari «Ernst&Young» xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilib, ijobiy auditorlik xulosasi olindi.

Shu bilan birga, jamiyat tomonidan 2021 yilning sentyabr-oktyabr oylarida «Fitch Ratings» va «S&P Global Ratings» xalqaro reyting agentliklari tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJga mustaqil suveren reytingi «BB–» (barqaror) darajasidagi kredit reytinglari berildi.

Bundan tashqari, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan qarz mablag‘lari manbasini diversifikatsiya qilish maqsadida jamiyat 2021 yilning noyabr oyida ilk bor London fond birjasida davlat kafolatisiz 7 yil muddatga 700,0 mln. AQSh doll. miqdoridagi yevroobligatsiyalarni joylashtirishga erishdi.

Ushbu muvaffaqiyat jamiyat tomonidan amalga oshirilgan transformatsiya jarayonlari va jahondagi yetakchi biznes- amaliyotlarni joriy etish bo‘yicha bajarilgan tizimli ishlar natijasi hisoblanadi.

Yuqoridagi ulkan o‘zgarishlar jamiyatning investorlar oldidagi majburiyatlarni bajarilishini alohida darajaga olib chiqish hamda ular bilan munosabatlarni yanada rivojlantirishni taqozo etganligi sababli jamiyat tarkibida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘i bilan yangi tarkibiy tuzilma «Moliya institutlari bilan ishlash hamda qarzdorlik majburiyatlarini boshqarish» departamenti tashkil etildi.

Ushbu departamentga kadrlarni tanlashda yosh, iqtidorli, halqaro malaka va ko‘nikmalarga ega hamda moliyaviy sohada yetarli tajribaga ega kadrlarni jalb qilishga katta e’tibor qaratildi.

Departamentda Buyuk Britaniya davlatining Kardif metropolitan universiteti, Rossiyaning G.V. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida tahsil olgan, dunyoning yetakchi xorijiy mamlakatlarida malaka oshirgan hamda yetakchi yuridik va moliyaviy institutlarda faoliyat yuritgan mutaxassislardan iborat jamoa shakllantirildi.

Departament oldiga qo‘yilgan maqsadlari va vazifalari bo‘yicha jamiyatning qarz yuklamasini doimiy tahlil etib borish, mavjud moliyaviy shart va talablar (kovenantlar) monitoringini amalga oshirish.

Kredit rasmiylashtirish jarayonini raqamlashtirish maqsadida elektron platformani ishlab chiqish ishlari boshlangan hamda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qarz mablag‘larini jalb qilish, jamiyat tomonidan jalb qilingan qarzlar bo‘yicha barcha majburiyatlarni bajarilishini muvofiqlashtirish va jamiyatning qarz yuklamasini ixchamlashtirish vazifasi belgilandi.

Shuningdek, Departament xodimlari tomonidan Xitoyning Ipak yo‘li jamg‘armasi, Rossiya Federatsiyasining «Gazprombank» AJ, VEB.RF Davlat taraqqiyot korporatsiyasi, «EKSAR» eksport-import sug‘urta agentligi, Yaponiyaning «MUFG Bank LTD» kabi dunyoning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring