Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: O‘zbekistonda ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan JetA-1-SSF gaz turbinali dvigatellar uchun yarim sintetik aviayoqilg‘i ishlab chiqarildi

«O‘zbekneftgaz»: O‘zbekistonda ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan JetA-1-SSF gaz turbinali dvigatellar uchun yarim sintetik aviayoqilg‘i ishlab chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan neft mahsulotlari va uglevodorod xom-ashyosi import o‘rnini bosish, mamlakatimizda iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Import o‘rnini bosadigan, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, yoqilg‘i mustaqilligiga erish bo‘yicha berilgan topshiriqlar hamda belgilangan vazifalar ijrosi holatini o‘rganish uchun Boshqaruv raisi va «Ishchi guruh» a’zolari Buxoro neft qayta ishlash zavodi (Buxoro NQIZ)ishlab chiqarish maydonlarida bo‘ldi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisining Buxoro NQIZga ishchi tashrifi doirasida korxona mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda GTL sintetik kerosinini jalb qilish orqali JetA-1-SSF (Djet A-1) aviatsiya yoqilg‘isini ishlab chiqarishga doir muhim masalalar muhokama qilindi.

Bugungi kunda sintetik yoqilg‘ini qabul qilish uchun barcha infratuzilma tayyor bo‘lgani, uni Djet A-1 aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish bo‘yicha tayyor mahsulot darajasiga yetkazish bo‘yicha to‘liq dastur ishlab chiqilgani hamda amalga oshirilgan ishlar hisoboti berildi.

O‘z navbatida, Buxoro NQIZda sintetik kerosinni qabul qilish va saqlashga mo‘ljallangan har birining hajmi 5000 metr kub bo‘lgan ikkita sig‘im qurilib, foydalanishga topshirildi.

Loyiha, shuningdek, zavodning an’anaviy Djet A-1 aviayoqilg‘isi bilan aralashtirish va Djet A-1 (JetA-1)-SSF gaz turbinali dvigatellari uchun yarim sintetik aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun Buxoro NQIZga GTL sintetik kerosinini yetkazib berishni ko‘zda tutadi.

Mazkur loyihani ilk bosqichidan boshlab, Buxoro NQIZ mutaxassislari Djet A-1 aviatsiya yoqilg‘isining sifat ko‘rsatkichlarini buzmasdan, o‘rnatilgan me’yoriy hujjatlar talablari asosida an’anaviy kerosin bilan optimal nisbatni aniqlash uchun shunga o‘xshash GTL zavodlarida ishlab chiqarilgan sintetik kerosin namunalari bilan doimiy ravishda laboratoriya tadqiqotlarini olib borishdi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi boshchiligida loyihani amalga oshirish jarayonida Buxoro NQIZ rahbariyati va mutaxassislari tomonidan zavodning ishlab chiqarish sexlari va tahlilxonalarida «Uzbekistan GTL» zavodi uchun mutaxassislar tayyorlash, ularni uy-joy, oziq-ovqat, ish bilan ta’minlash va o‘qitish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi.

Yarim sintetik (Jet A-1 SSF) yoqilg‘isining xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida, Buxoro NQIZ mutaxassislari tomonidan, tegishli vazirlik, idoralar va nazorat organlari bilan kelishildi hamda O‘z DSt 1117:2007 «Jet A-1 gaz turbinali dvigatellari uchun aviatsiya yoqilg‘isi texnik shartlar» Davlat standartiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Natijada, 2022-yilning 15-sentyabr kuni Buxoro NQIZga 511 tonnalik sintetik komponentning birinchi partiyasini olindi. Joriy yilning 17 sentyabrida esa, Buxoro NQIZ, «Uzbekistan GTL» va «SGS» kompaniya vakillari ishtirokida zavodga sintetik kerosin qabul qilindi.

Shundan so‘ng, O‘z DSt 1117: 2007ga 5-sonli o‘zgartirish talablariga muvofiq quyish ishlari amalga oshirilib, Buxoro NQIZning an’anaviy kerosin bilan 50% ga 50% miqdorida  aralashtirildi. 18 sentyabrda yarim sintetik aviatsiya yoqilg‘ining tajriba-sinov partiyasiga pasport berish amalga oshirildi. Pasport berish natijalari yarim sintetik aviatsiya yoqilg‘isining O‘z DSt 1117: 2007 standarti talablariga to‘liq muvofiqligini ko‘rsatdi.

2022-yilning 19-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida yangi mahsulot – Djet A-1 (Jet A-1)-SSF gaz turbinali dvigatellari uchun aviatsiya yoqilg‘isi sertifikatlandi va muvofiqlik sertifikati olindi.

Joriy yil 21-sentyabr kuni Transport vaziri va «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi boshlichigida Transport vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ, «Uzbekistan Airways» AJ, «O‘zaviatsiya» Agentligi, «Uzbekistan GTL» MChJ va «Buxoro NQIZ» MChJ rahbar va mas’ul xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishida, "Uzbekistan GTL" sintetik kerosinini jalb qilgan holda, Buxoro NQIZda yarim sintetik Jet A-1 (Jet A-1)-SSF aviakerosinini ishlab chiqarish va havo kemalarida qo‘llash masalalari muhokama qilinib, ushbu turdagi aviayoqilg‘ini qo‘llashni boshlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

2022-yil 23-sentyabr kuni «Boeing» kompaniyasi «Uzbekistan GTL» zavodida ishlab chiqarilgan «GTL» kerosinni Buxoro neftni qayta ishlash zavodida tayyorlanadigan an’anaviy «Jet A-1» avia yoqilg‘isi bilan aralashtirish komponenti sifatida ishlatish imkoniyati yuzasidan yuborilgan so‘rovga ijobiy xulosa berdi va rasman tasdiqladi.

25-sentyabr kuni esa  Fransiyaning «Airbus» aviakompaniyasi aviatsiya yoqilg‘isi sohasidagi texnik talablarni tartibga soluvchi «ASTM7566» xalqaro standartlariga asoslanib, xuddi shunday tasdiqnoma yubordi.

Shu bilan birga, Shveysariyaning mustaqil ekspertiza, nazorat, sinov va sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi «SGS» kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan «GTL Jet A-1» yarim sintetik aviayoqilg‘isi sifati xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqladi. Bu esa, aviatsiya uchun yoqilg‘i sifatida foydalanish imkonini beradi. 

Bugungi kunda, Buxoro NQIZ da yuqoridagi mexanizmlar asosida, xalqaro standart talablariga to‘la mos keladigan mahsulot ishlab chiqarilib, birja savdolari orqali dastlabki 1020 tonna Jet A-1 (Jet A-1)-SSF rusumli avia yoqilg‘isi «Uzbekistan Airways» kompaniyasiga realizatsiya qilindi.

Respublikamizda ushbu mahsulot ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilganligi, nafaqat ichki iste’molchilar, balki dunyoning boshqa davlatlaridan keladigan havo kemalari ehtiyojini qondirilishida, turizm salohiyatini oshishida, shu bilan birgalikda, valyuta mablag‘larini iqtisod qilinishida hamda import o‘rnini bosuvchi asosiy omil sifatida xizmat qiladi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring