Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zmilliybank» xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun «sirli mijoz» tadbirlarini o‘tkazadi

«O‘zmilliybank» xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun «sirli mijoz» tadbirlarini o‘tkazadi

Foto: «Google.com»

«O‘zmilliybank» mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun «Sirli mijoz» tadbirlarini o‘tkazadi.

Unga ko‘ra, bank rahbariyati muntazam ravishda o‘ziga tegishli filiallar faoliyatini yashirin ravishda o‘rganadi. Hatto mutasaddi xodimlarning o‘zi ham biror tashkilot nomidan «Sirli mijoz» ko‘rinishida joylardagi filiallarga borishi va nafaqat bank xodimlarning xizmat ko‘rsatishini kuzatishi, balki ular bilan savol-javob o‘tkazishi mumkin.

«Har qanday xodimimiz, masalan, shaxsan o‘zim ham biror fermer xo‘jaligi yoki boshqa tashkilot nomidan «O‘zmilliybank»ning istalgan filialiga kirib borishim mumkin. Xodim meni tanimaydi va boshqalar bilan qanday munosabatda bo‘lsa, menga ham shunday muomala qiladi. Tabiiyki bunday vaqtda xodimlarimiz qanday faoliyat olib borayotganini yaxshiroq bilib olishimiz mumkin bo‘ladi.

Maqsadimiz — mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yana-da yaxshilash», — deydi «O‘zmilliybank» bo‘lim va filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Shonazar Raimbergenov.

Amaliyot natijasi turli kriteriyalarga ko‘ra baholanadi. Rivojlangan mamlakatlarda «Sirli mijoz» tadbiri muntazam o‘tkazib kelinadi. «O‘zmilliybank» ushbu standartlarni o‘z faoliyatiga ham tadbiq etishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam bank tomonidan kreditlarni undirish va joylardagi muammolarni hal etishning yangicha g‘oyalari ishlab chiqilayotgani haqida xabar berib o‘tgan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring