Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘ztransgaz» va «O‘zbekneftgaz» rahbarlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

«O‘ztransgaz» va «O‘zbekneftgaz»  rahbarlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Foto:«Xalq so‘zi»

«O‘ztransgaz» AJ va «O‘zbekneftgaz» AJ rahbariyatlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Energetika vazirligi  matbuot xizmati xabar berdi.

Jasur Shamsiyev  «O‘ztransgaz» AJ boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bungacha u «Sho‘rtanneftgaz» MChJ direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Shahzod Alirizayev «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tdi. Alirizayev shu vaqtga qadar «Neftgazinvest» MChJ direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring