Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Pensiya to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Foto: Xabar.uz

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (889-son. 21.10.2019 yil). Bu haqda adliya vazirligi kanalida ma’lumot berilgan.

Qarorga muvofiq, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatning 10 ga yaqin qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, band shaxslarga ish staji davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan:

— 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun – Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;

— 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – yagona ijtimoiy to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar bo‘yicha belgilanadi.

Hozirga qadar faqat Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar bo‘yicha belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring