Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha farmon imzoladi

Prezident iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha farmon imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston rahbariyati iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlashning yangi keng miqyosli choralarini joriy qilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

  1. Aholiga yordam

Muddati mart-iyun oylarida tugaydigan bolali oilalar, bolani parvarishlash nafaqalari va moddiy yordam tayinlanishi avtomatik tarzda uzatiriladi. Adresatlardan tegishli arizalar yangidan berilishi talab etilmaydi. Nafaqa oluvchilar umumiy soni 596 dan 719 mingtagacha oshadi.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasiga oilalar ijtimoiy nafaqa olishga muhtojligini baholash tartib-taomillarini soddalashtirish topshirilgan.   

Yolg‘iz qariyalar va nogironlar karantin tugagunga qadar bir martalik niqoblar, antiseptika vositalari va bakteriyaga qarshi sovunni bepul oladi.

Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning 2020 yilning 6 oyida to‘lanishi lozim bo‘lgan kreditlarning muddati uzaytiriladi (4,7 trln. so‘m). Shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan (yuridik va jismoniy shaxslarga) qarzlar bo‘yicha hisoblab chiqilgan va muddati uzaytirilgan foizlar ushbu davrdagi daromad solig‘ini hisoblashda jami daromadga kiritilmaydi.

  1. Eng ko‘p ta’sir ko‘rgan sohalarni qo‘llab-quvvatlash

Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan qat’iy belgilangan soliq summasi va o‘z faoliyatini majburan to‘xtatib turgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq hisoblanishi to‘xtatib turilmoqda.

Turoperatorlar, turagentlar va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatadigan sub’yektlar, «Uzbekistan Airports» AJ, «Uzbekistan Airways» va «Sentr Uzaeronavigatsiya» DUK mulk va yer solig‘i to‘lovidan ozod qilinadi. Ular uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foizgacha pasaytirilgan. Shu sababli, ularning tasarrufida 130 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qoladi.

Mikrofirmalar va kichik korxonalar, o‘z faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasi joriy yilning birinchi choragida o‘rtacha oylik miqdorga nisbatan 50 foizdan ko‘proqqa qisqaradi, 2020-yilning 1-oktabriga qadar soliq organlari xabarnoma asosida foizsiz kechiktirish (to‘lash) taqdim etiladi:

  • aylanma soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng ulushlarda to‘lash, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza topshirmasdan;
  • ijtimoiy soliq bo‘yicha, keyinchalik 6 oy davomida teng miqdorda to‘lanadi.

Faoliyatini to‘xtatib turgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi hisoblanishi va undirilishi to‘xtatib turiladi.

  1. Soliq to‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash

Elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanadigan, 1 mlrd so‘mgcha aylanmaga ega xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar QQSni har oylik to‘lovidan har choraklik to‘loviga o‘tkaziladi. Bunda ular aylanma mablag‘larini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi (150 mlrd so‘m atrofida).

Foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va noturar inshootlarga nisbatan mulk va yer solig‘ining oshirilgan stavkalari qo‘llanilishi, ularga penya hisoblanishi va ular bo‘yicha qarzdorlik majburiy o‘ndirilishi to‘xtatib turiladi. Ushbu chora deyarli 21 ming korxonaga nisbatan tadbiq qilinadi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan foizsiz moliyaviy yordam ko‘rinishida olingan mablag‘lar foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan foydadan soliqqa tortilmaydi.

daromad solig‘i to‘lovchilari, istisno tariqasida, o‘tgan chorak natijalariga ko‘ra uni hisoblash uchun belgilangan talab bekor qilingan holda, daromad solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishga haqlidir.

Yuridik shaxslar tomonidan gaz va elektr energiyasi uchun majburiy oldindan to‘lov 100 foizdan 30 foizgacha pasaytiriladi, bu esa aylanma mablag‘lar shakllanishini ta’minlaydi.

  1. Qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa chora-tadbirlar

2019-yil yakunlariga ko‘ra, auditorlik tekshiruvlarining muddatlari uzaytiriladi. Aktivlarining balans qiymati 100 ming BHM dan ortiq bo‘lgan ma’suliyati cheklangan va qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyatlarning har yillik auditorlik tekshiruvini joriy qilish keyingi yilga o‘tkaziladi.   

Moliyaviy qiyinchiliklarga yuz tutgan korxonalarga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari tashabbusi bilan chiqish va ularni bankrot deb e’lon qilishga moratoriy joriy qilinadi.

Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz, shuningdek spirt va alkogolli mahsulotni iste’molchilarga sotish uchun aksiz solig‘i stavkalari oshirilmaydi.

Eng muhim – oziq-ovqat (go‘sht, baliq, un, shakar, sut mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tuxum, piyoz va boshqalar), shuningdek gigiyena mahsulotlarini va tovarlarni olib kelishga nolli bojxona boji va aksiz solig‘i belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring