Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident qarori bilan Ustyurt mintaqasidagi Jel koni bo‘yicha bitimlar tasdiqlanadi

Prezident qarori bilan Ustyurt mintaqasidagi Jel koni bo‘yicha bitimlar tasdiqlanadi

Prezident qarori bilan (PQ–4376-son, 2019-yil 29-iyun) O‘zbekiston Respublikasi va «Gazprom EP Interneshnl B.V.» (Niderlandiya) o‘rtasida Ustyurt mintaqasidagi Jel koni bo‘yicha imzolangan mahsulot taqsimotiga oid Bitim va 1-son Qo‘shimcha bitim tasdiqlanadi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Bitimda qonunchilikda belgilangan me’yorlardan tashqari quyidagi kabi shartlar nazarda tutilgan:

  • kompensatsiya mahsulotining cheklangan darajasi 75%;
  • foyda solig‘ining stavkasi 12%;
  • investorning qoplanishi shart bo‘lgan harajatlarining qoplanmagan qismi uchun yillik moliyalashtirish stavkasi 8%;
  • investor tomonidan o‘z huquq va majburiyatlarini uning «Gazprom zarubejneftgaz» AJ sho‘’ba kompaniyasiga topshirish imkoniyati;
  • Bitimni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga o‘tkazish v.h.

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • Bitimda ko‘zda tutilgan soliq va bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibi Bitimning butun amal qilish davrida o‘z kuchini saqlab qoladi;
  • investorga taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar operatorga ham tatbiq etiladi;
  • «O‘zbekneftgaz» AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bitimning amal qilish davrida investorga foydalanishga beriladigan mol-mulklar uchun mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;
  • Bitim imzolangan keyin O‘zbekiston qonunchiligiga bitim shartlarini yomonlashtiradigan o‘zgartirishlar kiritilganda bitim shartlari o‘z kuchida qoladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring