Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident tashqi savdo operatsiyalariga doir farmon imzolashi kutilmoqda

Prezident tashqi savdo operatsiyalariga doir farmon imzolashi kutilmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashqi savdo operatsiyalarini xalqaro standartlarga yanada uyg‘unlashtirish chora-tadbirlari belgilanadi. Prezidentning bu boradagi tegishli farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Farmon bilan, belgilanishi kutilayotgan tartibga ko‘ra, umumiy qiymati besh ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar:

- yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat olib boruvchi jismoniy shaxslar tomonidan oldindan to‘lov va boshqa kafolatlangan to‘lov shartlarisiz, bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan invoys ma’lumotlarini TSOYaEAT (Tashqi savdo operatsiyalarinining yagona elektron axborot tizimi)ga kiritish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqiladi. Bunda, sotuvchi shaxslar tomonidan tovarlar olib chiqilishida xorijiy xaridor aniq bo‘lmagan hollarda xaridor haqidagi ma’lumotlarni invoysda ko‘rsatilishi talab etilmaydi;

- norezident jismoniy shaxslar va ularning ishonchli vakillari tomonidan oldindan to‘lov sharti bilan sotuvchi shaxslarning TSOYaEATga kiritgan invoysi asosida bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqiladi.

Shuningdek, tashkiliy maqomidan qat’iy nazar barcha tadbirkorlik sub’yektlariga:

- tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun norezident jismoniy shaxslardan xalqaro to‘lov tizimlari orqali O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisob raqamlariga to‘lovlarni qabul qilishga;

- tovarlar eksportida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron shakldagi invoysdan foydalanishga;

- shartnoma ma’lumotlarini TSOYaEATga kiritish sharti bilan xorijiy davlatlardagi tovarlar mamlakat hududiga haqiqatda olib kirish majburiyatisiz sotib olish va ularni sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bilan «xalqaro savdo shartnoma»si tuzish va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish, savdodan olingan tushumni boshqa yuridik shaxslar foydasiga transferabel akkreditivlar va boshqa to‘lov hujjatlarini qo‘llash yo‘li bilan qayta berishga ruxsat beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring