Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi bilan tanishdi

Prezident Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi bilan tanishdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Yirik sanoat korxonalari mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan Toshkent metallurgiya zavodi shulardan biri, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni ushbu korxona  qurilishi  bilan tanishdi.

Loyiha qiymati 286,7 million yevrolik mazkur korxonaga Italiya, Germaniya, Avstriya, Rossiya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan ilg‘or va zamonaviy uskunalar keltiriladi. Bu yerda avtomobil kuzovlari va maishiy texnika uchun metall listlar, metall cherepitsalar, profnastil va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. To‘liq quvvatda tushirilgach, korxonada yiliga 500 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi, 700 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezidentimiz 2017-yil fevral oyida  ushbu korxona  qurilishi loyihasi bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida bu yerda keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Zavod binosi konstruksiyasi qurib bitkazildi.

Shavkat Mirziyoyev qurilishning borishi bilan tanishdi. Zavodning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rniga to‘xtalib, bu yerda ishlaydigan mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring