Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentga murojaatidan keyin yosh fermer qizning orzulari amalga oshdi (foto)

Prezidentga murojaatidan keyin yosh fermer qizning orzulari amalga oshdi (foto)

Yosh fermer Nargiza Mamanova.

Foto: «Xabar.uz»

Shavkat Mirziyoyevning 2-mart kuni Navoiy viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida tadbirkorlik tarmog‘ini kengaytirish maqsadida murojaat etgan yosh fermer qizning orzusi amalga oshmoqda.

Karmanalik Nargiza Mamanova yosh bo‘lishiga qaramay, to‘rt yildan beri «Obod turmush kelajagi» fermer xo‘jaligini boshqarib keladi.

Foto: «Xabar.uz»

Dastlab faoliyatini 43 gektar yerda ikki nafar ishchi bilan boshlagan tadbirkor, endilikda Prezidentga murojaatidan so‘ng 2,5 mld so‘mlik imtiyozli kredit asosida mevalarni qayta ishlovchi korxona hamda muzlatkich ombori qurish rejasini amalga oshirish arafasida.

Shu asnoda u 20 ta yangi ish o‘rni yaratishni maqsad qilib qo‘ygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring