Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda yiliga qo‘shimcha 61 ming tonna propan-butan aralashmasi ishlab chiqaradigan loyiha amalga oshirilmoqda

Qashqadaryoda yiliga qo‘shimcha 61 ming tonna propan-butan aralashmasi ishlab chiqaradigan loyiha amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvardagi PQ-4563-sonli «2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida mavjud uchta propan-butan aralashmasini olish qurilmasini (UPPBS-3/1,2,5) modernizatsiya qilish» bo‘yicha qiymati 49,0 mln. dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirilmoqda.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish departamenti ma’lumotiga ko‘ra, Loyiha mavjud propan-butan aralashmasini olish qurilmalarida yiliga qo‘shimcha 61,0 ming tonnagacha propan-butan aralashmasi ishlab chiqarishga va buning asosida ichki bozorda ushbu mahsulotga oshib borayotgan talabni qondirishga qaratilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun Ukrainaning «Sumskoye NPO», Rossiyaning «KMPO», «NIPI NG PETON», «Elektrostandart-pribor», Shveysariyaning «Endress+Hauser» va boshqa chet el zavodlarida ishlab chiqarilayotgan uskunalarni import asosida xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Uskunalar bo‘yicha tayyorlash ishlari boshlangan bo‘lib, hozirda siquv kompressori stansiyasining bir nechta almashuvchi ichki qismlari, boshqaruv klapanlari va o‘lchov va avtomatika uskunalari, past kuchlanishli elektr uskunalari, suyultirilgan gazni saqlash sig‘imlari, separatorlar, laboratoriya jihozlari kabi uskunalar olib kelindi.

Bugungi kunda Bosh pudratchi – «Muborakneftgazmontaj» MChJ tomonidan qurilish ishlarining 17 foizi bajarilib bo‘lindi hamda qurilish-montaj ishlarini to‘liq yakunlash esa joriy yilning sentyabr oyiga rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, ko‘p sonli ishchilar ushbu loyiha qurilishida karantin qoidalariga to‘la rioya qilgan holda qurilish-montaj ishlarini bajarishmoqda.


«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring