Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida yangi GES qurilishi boshlandi. U 100 ming xonadonni elektr bilan ta’minlaydi

Toshkent viloyatida yangi GES qurilishi boshlandi. U 100 ming xonadonni elektr bilan ta’minlaydi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol daryosida gidroelektrostansiya qurilishi boshlandi.

Loyiha bo‘yicha kapital qo‘yilmalar hajmi 125 487,33 ming yevroni tashkil etib, ulardan 47 631,17 ming yevro miqdoridagi mablag‘ni asosiy gidrokuchlanishli va yordamchi asbob-uskunalarni xarid qilish uchun yo‘naltirish belgilangan. Buyurtmachining qolgan xarajatlari 8 995,57 ming yevroga baholangan. Shuningdek, qurilish-montaj ishlari uchun 688 860,59 ming yevro ajratish rejalashtirilgan.

Yangi inshoot 60 oy davomida, ya’ni 2019-2023-yillarda qurilib, ekspluatatsiyaga topshirishi rejalashtirilgan.

Hisob-kitoblarga qaraganda, yangi GES ishga tushirilgach, uning mamlakat ichki yalpi mahsulotdagi ulushi o‘rtacha 25 477,8 ming yevroni tashkil qiladi va 100 mingga yaqin uy xo‘jaligini elektr energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

GESda har biri 19 MVt bo‘lgan 4 ta gidroagregat o‘rnatish mo‘ljallangan.

Inshootning o‘rnatilgan quvvati 76 MVt bo‘lib, yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarish hajmi 282,0 mln. kVt.s ga teng. Uning asosiy asbob-uskunalari normativ muddatlarga ko‘ra 40 yilgacha xizmat qilishi mumkin, amalda esa ular 80 yilgacha ham ishlaydi. Shuningdek, GESning to‘liq ishga tushirilishi 91,28 mln. m3 gacha tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyatini beradi. Inshoot gidrologik rejimga ta’sir qilmaydi va gidrobiologik ob’yektlarga zarar yetmaydi hamda atrof-muhit va tabiat o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Ushbu GES qurilishi va ishga tushirilishiga sarflangan xarajatlar investitsion davrni hisobga olmaganda, 6 yilu 2 oyda qoplanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring