Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda O‘zbekiston-Rossiya biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda O‘zbekiston-Rossiya biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yil 1-2-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasi hukumati delegatsiyasi va 300 dan ortiq biznes vakillarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Samarqand shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi va B2B formatida muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Mazkur Biznes-forum Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, ilmiy-texnikaviy hamda innovatsion hamkorlikni yanada kengaytirishni nazarda tutadi.

Biznes-forumda Rossiya tomonidan tashrif buyurgan 270 nafardan ortiq yirik va nufuzli kompaniyalar vakillari bilan respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalaridan taklif etilgan 300 nafardan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari qatnashmoqdalar.

Unda neftegaz, geologiya, transport-logistika, oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, to‘qimachilik, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti va boshqa qator yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirkorlar tomonlar uchun o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni ko‘rib chiqishadi.

Forum doirasida tashkil etilgan B2B va B2G formatidagi uchrashuvlarda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etilishi kutilmoqda.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring