Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqanddagi «SINO» zavodi rahbari qamoqqa olingan

Samarqanddagi «SINO» zavodi rahbari qamoqqa olingan

Foto: «xs.uz»

Millionlab dollar sarmoya kiritilgan va xorijiy brendlar bilan hamkorlik o‘rnatgan Samarqanddagi «SINO» aksiyadorlik jamiyati joriy yilning yozida bankrot deb topilgan edi. «O‘zeltexsanoat» uyushmasida o‘tkazilgan brifingda uyushma raisi Alisher Abdullayev qarorda bu borada alohida band kiritilganini izohladi, deb xabar bermoqda «O‘zA»

Prezidentning 2019-yil 4-yanvar kuni imzolangan «Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida «SINO»ni «nol» xarid qiymati bo‘yicha korxonaning kreditorlar oldidagi qarzini to‘lash bilan bir vaqtda korxonaning faoliyatini sog‘lomlashtirish uchun investitsiyalar kiritish sharti bilan topshirish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berilgan.

– Mazkur korxonaning ikki milliard qarzi bor edi, – deydi uyushma raisi. – Ochig‘i, uning oldingi rahbari qamoqqa olingan. O‘tgan yilning oktyabr oyida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Albatta, bunday holat bizning nomimizga ham yaxshi emas. Shunday bo‘lsa-da, biz korxonani sog‘lomlashtirish taklifini ilgari surdik. Axir, tayyor korxona tarqalib ketishi emas, rivojlanishi kerak. U davlatdan, banklardan olingan pullarni qaytarishi kerak. Vaholanki, bu pullar yetimlarni, armiyani va kam ta’minlangan oilalarning puli va u albatta davlatga qaytishi kerak. Shuningdek, qanchadan-qancha ish o‘rni yaratilib, oilalar manfaati ta’minlanayotgan edi. 

Ayni vaqtda Koreya, Xitoy kabi davlatlarda kamida to‘rtta kompaniya uni olib, ishlatishni xohlamoqda. Biz ular o‘rtasida tanlov o‘tkazish niyatidamiz. Buning uchun Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi bilan birgalikda investorlarga qo‘yiladigan shartlar va rivojlantirish dasturi ishlab chiqmoqda. Yo‘qsa, korxona mol-mulki tijorat banki orqali sotilib, bunday korxona yo‘q bo‘lib ketardi, degan Alisher Abdullayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring