Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Yerni ham, binoni ham sotamiz. Tadbirkor kelajakka ishonishi kerak»

Shavkat Mirziyoyev: «Yerni ham, binoni ham sotamiz. Tadbirkor kelajakka ishonishi kerak»

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Bugun, 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident qishloq hududlarini rivojlantirish masalasiga ham to‘xtaldi.

Foto: «Taraqqiyot strategiyasi» markazi

Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekistonda urbanizatsiya darajasi 40 foizga ham yetmaydi. Agar zarur choralar ko‘rilmasa, yaqin yillarda bu ko‘rsatkich yanada pasayishi mumkin. Shu bois mamlakatda urbanizatsiyalash darajasi 2030-yilgacha 60 foizga yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rilishi kerakligi ta’kidlandi. Bosh vazir Abdulla Aripovga bu bo‘yicha shaxsan mas’ul bo‘ladi.

«Buni qanday amalga oshiramiz? Buni bosh vazir bilan ko‘p muhokama qilganmiz. Qishloq hududlarini rivojlantirish uchun jamg‘arma tuziladi. Binolar va inshootlar, yer sotuvidan tushadigan pul shu jamg‘armaga tushadi. Hozir tadbirkor o‘zi qurgan inshoot joylashgan yer unga tegishli bo‘lmagani uchun kelajagiga ishonolmaydi. Yerni ham, binoni ham sotamiz. Tadbirkor kelajakka ishonishi kerak», — dedi Prezident.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring