Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sho‘rtanda qancha gaz qazib chiqarilmoqda? (foto)

Sho‘rtanda qancha gaz qazib chiqarilmoqda? (foto)

Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi – O‘zbekistonda neft va gaz sohasida yetakchi ishlab chiqarish korxonalaridan biri bo‘lib, tashkiliy jihatdan «O‘zbekneftgaz» AJ tarkibiga kiruvchi ishlab chiqarish bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi.

Boshqarmaning asosiy ishlab-chiqarish faoliyati quyidagilardan iborat:

- gaz qazib olish va uni qayta ishlash;
- neft qazib olish;
- barqarorlashgan gaz kondensati ishlab chiqarish;
- suyultirilgan gaz ishlab chiqarish;
- oltingugurt ishlab chiqarish.

Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining tabiiy gazni qayta ishlashning asosiy texnologik qurilmalari Bosh Inshoot hududida joylashgan bo‘lib, yer maydoni 140,27 gektarni tashkil etadi.

Hozirgi kunda Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli 12ta gaz konlari mavjud bo‘lib, shunda ularning 11 tasidan («Sho‘rtan», «Janubiy Tandircha», «Buzaxur», «Sharqiy Buzaxur», «Chunag‘ar», «Tarnasoy», «Nomozboy», «Zafar», «Oydin», «Topichaksoy», «Yormoq») gaz va gazkondensati qazib chiqarishda foydalanilmoqda.

«Sho‘rtan» Bosh Inshooti gazni tayyorlash va qayta ishlash qurilmalarida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli gaz konlaridan tashqari «Gissarneftegaz», «Epsilon Development Company» hamda «Lukoyl-Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ qo‘shma korxonalari tomonidan yetkazib berilayotgan tabiiy gaz ham qayta ishlanadi.

2019 yilda «O‘zbekneftgaz» AJ umumiy reja ko‘rsatgichlarining bajarilishida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining ulushi,

gaz qazib chiqarish bo‘yicha – 26,8 %ni;
neft qazib chiqarish bo‘yicha – 30,6 %ni;
kondensat ishlab chiqarish bo‘yicha – 25,5 %ni;
propan-butan aralashmasini ishlab chiqarish bo‘yicha – 35,7 %ni;
oltingugurt ishlab chiqarish bo‘yicha – 0,6 %ni tashkil qildi.

Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida ishlatilayotgan mavjud texnologik qurilmalar bir necha o‘n yillardan buyon ishlatilib kelinayotganligi sababli ularni rekonstruksiya qilish, texnologik jihatdan yangilash, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida bir qancha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring