Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent» Respublika Fond birjasida gruziyalik mutaxassis rais sifatida ish boshlaydi

«Toshkent» Respublika Fond birjasida gruziyalik mutaxassis rais sifatida ish boshlaydi

2022-yil 15-avgustdagi «Toshkent» Respublika Fond birjasi Kuzatuv Kengashining yig‘ilishida Georgiy Otarovich Paresishvilini birja Boshqaruv raisi sifatida jalb qilishga qaror qabul qilindi.

Georgiy Paresishvili 2014-yildan hozirgi kungacha Gruziya Fond birjasining rahbari bo‘lib kelgan, shu bilan birga Gruziya Markaziy qimmatli qog‘ozlar depozitariysi Kuzatuv Kengashining raisi ham bo‘lgan.

Bank sohasida va kapital bozorida 27 yillik tajribaga ega yuqori malakali xorijiy top-menejerni jalb etish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish strategiyasining bajarilishi va amalga oshirilishi munosabati bilan qabul qilindi. Georgiy Paresishvilining asosiy vazifalari mahalliy fond bozorini xalqaro kapital bozori infratuzilmasiga integratsiyalash, shuningdek, mahalliy aksiyadorlik jamiyatlarining IPO va SPOlarini o‘tkazishda yordam berishdir.

Jumladan, yangi boshqaruvchining vazifalariga quyidagilar kiradi: ish samaradorligini oshirish, xalqaro ilg‘or tajribalar asosida listing va savdo qoidalarni takomillashtirishga doir tavsiyalar berish, listing kompaniyalari sonini ko‘paytirish, umuman bozor infratuzilmasi, IT kompleksi faoliyati samradorligini oshirish maqsadida bozorning tegishli ishtirokchilari bilan yaqin xamkorlik qilish.

Georgiy Paresishvili 1995-yilda Tbilisi davlat universitetining iqtisod fakul’tetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Tbilisidagi «Absolyut Bank»da boshlagan. 2000-2002-yillarda Michigan universiteti Stiven M. Ross biznes maktabida tahsil olgan va Biznes boshqaruvi magistri (MBA) darajasini olgan. 2000-yildan 2005-yilgacha u London va Nyu-Yorkda Shveysariyaning eng yirik moliyaviy konglomerati Credit Suisse investitsiya bankining bo‘limi bo‘lgan Credit Suisse First Boston’da ishlagan. 2005-yildan beri Georgiy Paresishvili Gruziyaning Terabank, Liberty Bank, Bank of Georgia va boshqa yetakchi banklarida boshqaruv lavozimlarda ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring