Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahar hokimligi eksperiment sifatida har hafta investor kuni tashkil etadi

Toshkent shahar hokimligi eksperiment sifatida har hafta investor kuni tashkil etadi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq 2018-yil 15-avgustdan 2019-yil 15-avgustgacha Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperiment o‘tkazilishi belgilandi.

Farmon bilan eksperiment o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilib, Toshkent shahar hokimining yer uchastkalari ajratish, davlat mulki ob’yektlarini realizatsiya qilish va ijaraga berish bo‘yicha qarorlarini qabul qilish uchun kichik sanoat zonalari direksiyasi funksiyalarini xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga berish masalasini kelishish va ma’qullash ishchi guruhning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Eksperiment doirasida Toshkent shahar hokimligi tomonidan har hafta investor kuni o‘tkazilishi joriy etildi.

Shuningdek, Farmonga ko‘ra foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlarini o‘z balansida saqlovchilar Toshkent shahar hokimligi so‘rov jo‘natgan vaqtdan keyin bir oy muddatda ob’yektdan samarali foydalanish takliflarning taqdim etilmaganligi foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlarini investitsiya kelishuvi asosida realizatsiya qilish yoki berish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilish uchun asos bo‘ladi.

2018-yil 1-oktyabrdan:

  • avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibi bekor qilindi;
  • avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlari soliq organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beradigan videokuzatuv va avtomototransport vositalari kirish va chiqish vaqtini qayd etish tizimi bilan jihozlanganda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar, Sergeli tumani, Rayhon ko‘chasida joylashgan 101,64 gektar maydonda «Industrial park» kichik sanoat zonasini tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring