Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar mahalliy budjetini qo‘llab-quvvatlash haqida qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Toshkent shahar mahalliy budjetini qo‘llab-quvvatlash haqida qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Foto: «Xabar.uz»

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017-yil 13-oktyabrdagi PQ-3322-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son Farmoniga muvofiq, soliq to‘lovchilarga imtiyoz va preferensiyalar berilganligi hamda kreditlar to‘lash muddatlari uzaytirilganligini inobatga olib, Toshkent shahar mahalliy budjetini qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.

Bu borada amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring