Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UNG Petro» AYoQSh tarmog‘i motor moyi va antifriz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

«UNG Petro» AYoQSh tarmog‘i motor moyi va antifriz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

«O‘zbekneftegaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning tashabbusi va topshirig‘iga binoan, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari tarmog‘i «UNG Petro» korxonasi yuqori sifatli motor moylari, antifriz va avtomobillar uchun boshqa kerak bo‘luvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Korxona rahbari Mirzohid Musayevning ma’lum qilishicha, xorijdan import qilingan, xususan Germaniya, Xitoy va boshqa davlatlardan import qilingan prisadkalarni qo‘shish orqali yevropa standartlariga javob beruvchi motor moylari tayyorlanmoqda.

«UNG Petro» korxonasi shuningdek, antifriz mahsulotini ham sotuvga chiqarmoqda.

Ushbu mahsulotlar asosan Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari tarmog‘ida va ular hududida joylashgan motor moylarini almashtirish shoxobchalari orqali joriy yilning 9 iyun sanasidan boshlab sotuvga chiqariladi.

«UNG Petro» korxonasining AYoQShlarida sotilayotgan bu mahsulot turlari va ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida ma’lumot olishni istasangiz, korxonaning @UNG_Petro_Bot telegram kanaliga ulanishingiz mumkin.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring