Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quruq kartoshka pyuresini eksport qilishga ruxsat berildi

Quruq kartoshka pyuresini eksport qilishga ruxsat berildi

Foto:«ICTSD»

«Toshkent viloyatida zamonaviy kartoshkachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati hududida «Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi» MChJ, «Solanuz» MChJ, «Agrover-urug‘chilik» MChJ, «Vernatural» MChJ va «Sof tabiat agro» MChJ negizida iste’molga yo‘naltirilgan kartoshka ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha agrosanoat klasteri tashkil etiladi.

Qaror bilan agroklaster faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Jumladan, agroklaster urug‘lik kartoshka yetishtiradi, uni virussiz in vitro texnologiyasi asosida ko‘paytiradi.

Urug‘lik kartoshkani sertifikatlash bo‘yicha tariflar barcha jismoniy va yuridik shaxslarga har bir tonnasi uchun BHMning 2 foizi (4460 so‘m)ni tashkil etadi.

Qaror bilan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan respublikada ishlab chiqarilgan quruq kartoshka pyuresi eksportini amalga oshirishga ruxsat berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring