Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ustyurtdagi konlardan kunlik 300 ming kub metr tabiiy gaz olina boshlandi

Ustyurtdagi konlardan kunlik 300 ming kub metr tabiiy gaz olina boshlandi

«O‘zbekneftgaz» AJning Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Sharqiy Berdaq» koni bir qancha quduqlarda kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, 46-sonli quduqda ham kapital tamirlash ishlari olib borildi. «O‘zneftgazquduqta’mirlash» AJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan kapital ta’mirlashdan so‘ng, quduq ishga tushirildi.

Qatlam suvlari yo‘li sement ko‘prigi bilan to‘silib, 1955-1959m, 1982-1986m, 2004-2006m, 2009-2012m intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari qilindi. Natijada esa, quduqdan sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi avvalgiga nisbatan oshdi. Hozirda, quduqdan kunlik 100 ming kub metrgacha bo‘lgan tabiiy gaz va 6 tonna gaz kondensati qazib olina boshlandi.

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan kapital ta’mir tashqari burg‘ilash ishlariga ham katta e’tibor berilmoqda.

Boshqarmaga qarashli «Arslon» konidagi 23-sonli quduqdan olib borilgan burg‘ilash ishlari o‘z samarasini bera boshladi. Ushbu quduqning 2210-2220m, 2229-2234m, 2259-2263m, 2274-2277m, 2355-2358m, 2498-2501m intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari bajarildi.

Hozirda bu quduqdan sanoat miqyosida kunlik 150-200 ming kub metr tabiiy gaz oqimi va 1 tonna gaz kondensati olina boshlandi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring