Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6 oyda uy-joy bozoridagi narxlar qanchaga qimmatlagani ma’lum qilindi

6 oyda uy-joy bozoridagi narxlar qanchaga qimmatlagani ma’lum qilindi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yil 1-yarim yilligida ko‘chmas mulk bozorida holat qanday o‘zgargani yuzasidan sharhini e’lon qildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, hisobot davrida O‘zbekistonda 26 ming dona ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilib, ko‘chmas mulk bozorida savdo hajmi 6 foiz (119 ming)ga o‘sgan.

Shuningdek, 2022-yilning 1-yarmida ikkilamchi bozorda o‘rtacha uy-joy narxlari 7,1 foizga o‘sdi (1-chorakda 1 foiz o‘sish, 2-chorakda 6 foiz o‘sish).

Hududlar kesimida joriy yilning 1-yarmida uy-joy ko‘chmas mulk narxlarining eng katta o‘sish sur’atlari Toshkent (15,6 foiz), Navoiy (15 foiz), Surxondaryo (13,3 foiz) va Sirdaryo (11,5 foiz) viloyatlarida kuzatilgan, Namangan (-13,3 foiz) va Samarqand (-1,3 foiz) viloyatlarida uy-joy narxlari pasaygan.

Yil boshidan buyon Toshkent shahri ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar 11,3 foizga oshdi (birinchi chorakda 6,5 foizga; ikkinchi chorakda 4,3 foiz ga o‘sgan). Shu bilan birga, uy-joy narxining o‘sishi barcha tumanlarda qayd etildi, eng katta o‘sish Mirzo-Ulug‘bek (18,7 foiz), Yakkasaroy (16 foiz) va Yashnobod (14,3 foiz) tumanlarida kuzatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring