Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uzbekistan Airways»ning xorijdagi vakolatxonalari tushumi O‘zbekiston tijorat banklariga tushadi

«Uzbekistan Airways»ning xorijdagi vakolatxonalari tushumi O‘zbekiston tijorat banklariga tushadi

Foto:«Uzairways.uz»

«Uzbekistan Airways» AJ vakolatxonalarining xorijda ochilgan hisob-raqamlarining amal qilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (882-son, 18.10.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda adliya vazirligi kanalida ma’lumot berib o‘tildi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab «Uzbekistan Airways» AJning xorijdagi vakolatxonalarining barcha tushumlari (ekspluatatsiya xarajatlari va vakolatxonalarni saqlash xarajatlaridan tashqari) majburiy tartibda O‘zbekiston tijorat banklaridagi hisob-raqamlarga tushadi.

Shuningdek, «Uzbekistan Airways» AJ vakolatxonalarining ekspluatatsiya xarajatlari Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring