Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

Foto: «Xabar.uz»

Senatorlar «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini muhokama qildilar. Bu haqda senat axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur normativ-huquqiy hujjat valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi, valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy chora-tadbirlarning ustuvorligi, rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi. Qonun bilan Markaziy bank valyutani tartibga soluvchi davlat organi etib belgilangan.

Parlament a’zolarining ta’kidlashicha, ushbu Qonunning qabul qilinishi rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish bo‘yicha huquqlarini to‘liq amalga oshirishga, amaliyotda uchraydigan valyuta operatsiyalarini o‘tkazishning imkon qadar barcha jihatlarini ta’riflashga, shuningdek mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda kapital harakatlanishi bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish imkonini beradigan qonunchilik bazasini tashkil etishga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring