Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuz milliard so‘mlik bitim imzoladi

Xalq banki xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuz milliard so‘mlik bitim imzoladi

Foto: «O‘zA»

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi yuz milliard so‘mlik bitim imzolashdi.

Xalq banki tomonidan ushbu kelishuvga asosan xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishda imtiyozli kreditlar berishni yo‘lga qo‘yish, ayollar tadbirkorligini har tomonlama rivojlantirishda moddiy va tashkiliy ko‘mak beriladi. 

Shartnomaga ko‘ra, Jamoat fondi tomonidan yuz milliard so‘m miqdorida ochilgan kredit liniyasi Xalq banki taqdim etilgan resurslar doirasida imtiyozli kredit mablag‘larini ajratadi. Imtiyozli kreditlarning foiz stavkasi yillik 8 foiz miqdorida belgilanadi. Imtiyozli kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.

Imtiyozli kreditlar xotin-qizlarga va ular tashkil qilgan yuridik shaxslarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi. Bunda resurs mablag‘larining 50 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladigan xotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring