Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq bankining Marg‘ilon filiali binosi foydalanishga topshirildi

Xalq bankining Marg‘ilon filiali binosi foydalanishga topshirildi

Foto: Bank axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 23 mart kuni «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan aholi va tadbirkorlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator qulayliklar yaratish belgilangan.

Bank tomonidan aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida, so‘nggi yillarda respublikadagi mavjud barcha tuman va shahar filiallarini zamonaviy qiyofada, to‘liq qayta ta’mirlanib, «Bank xizmatlari markazlari» tashkil etilmoqda.

Foto: Bank axborot xizmati

Misol uchun yaqinda mazkur qaror doirasida aksiyadorlik tijorat Xalq bankning Marg‘ilon filiali yangidan qo‘rilib, foydalanishga topshirildi.

Foto: Bank axborot xizmati

Aytish lozimki, Xalq bankining Marg‘ilon filialida avvallari jismoniy shaxslarga ikki nafar va yuridik shaxslarga esa bir nafar xodim xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, yangi bino foydalanishga topshirilgach jismoniy shaxslarga olti nafar, yuridik shaxslarga uch nafar xodim xizmat ko‘rsatmoqda. Bu esa ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari turi va sifatiga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazmoqda.

Masalan, ilgari filial tomonidan bir kunda o‘rtacha 150-160 mijoz qabul qilingan bo‘lsa, bugungi kunda kuniga 300 dan ortiq mijozga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Buning natijasida navbat kutishlarning oldi olindi.

Ma’lumot uchun aytadigan bo‘lsak, Xalq banki tomonidan qaror ijrosi doirasida 117 ta filialda «Bank xizmatlari markazlari» faoliyati to‘liq tashkil etildi. Qolgan filiallarni ham front va bek ofisga ajratish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlanib, unga asosan joriy yil yakuniga qadar yana 27 ta filialda ushbu xizmatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, bank filiallarida «RECEPTION»  faoliyati yo‘lga qo‘yilib, mijozlarga bank xizmati bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar beradigan 195 ta maslahatchi lavozimi tashkil etildi.

Bank axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring