Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonadon sharoitida elektr energiyasini qanday qilib tejash mumkin?

Xonadon sharoitida elektr energiyasini qanday qilib tejash mumkin?

Foto: Google.com

Iste’mol madaniyati – mahsulotlar va xizmatlarni xarid qilishda odam odobini boshqarish uchun belgilangan qoida va me’yorlar to‘plamidir. Elektr energiyasi iste’mol madaniyati haqida gap ketganda, avvalo «svet» haqini o‘z vaqtida to‘lab borish tartibini tushunar edik.

Bugun mukammal texnologiyalar davrida zamonaviy maishiy texnikalarining turi va soni ko‘payib, xonadonimizdagi oddiy buyumlarga aylanib qoldi. So‘nggi statistik ma’lumotlarga qaraganda respublikamizning har 100 xonadoniga 153 dona televizor, 102 dona sovutkich, 34 dona konditsioner, 54 dona changyutgich, 80 dona kir yuvish mashinasi, 246 dona telefon va 49 dona kompyuter to‘g‘ri keladi. Mana shunday elektr texnika buyumlarini qanday ishlatishimiz bilan elektr energiyasi sarfini ko‘payib ketishi yoki kamayishini kuzatyapmiz.

Elektr energiyasi sarfini kamaytirishda amal qilib kelayotgan qoidalar bilan bir qatorda, shu kungacha biz jiddiy e’tibor bermagan, demak amal qilmagan, endi esa iste’mol madaniyatimizda kundalik me’yorga aylanib borayotgan tejamkorlik ham muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlashimiz to‘g‘ri bo‘ladi.

Xonadon sharoitida elektr energiyasini qanday qilib tejash mumkin?

«O‘zenergoinspeksiya»ning bu boradagi oddiy tavsiyalariga jiddiy amal qilsangiz, bir yilda 500 kVt. soat elektr energiyasini yoki amaldagi tarif bo‘yicha 147 500 so‘m gacha mablag‘ingizni tejab qolgan bo‘lasiz.

Misol uchun, uyingizdagi birgina televizor rozetkadan o‘chirilmaganda (kutish rejimida qolsa) o‘rtacha bir kunda 25 Vt, bir oyda esa 750 Vt elektr energiyasi behuda sarflanadi. Keyingi sarf-harajatlarni hisoblab olish esa qiyin emas.

Mutaxassislarning hisob-kitoblaridan kelib chiqib, uy sharoitida elektr energiyasini tejashning asosiy ko‘rsatkichlarini eslatib o‘tamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring