Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijdagi o‘zbekistonliklardan ekspertlik kengashi tuzildi

Xorijdagi o‘zbekistonliklardan ekspertlik kengashi tuzildi

Foto: «Spot.uz»

«Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Tashkilot nomi o‘zbek, rus va ingliz tillarida bir xil «Buyuk kelajak» sifatida qo‘llaniladi.

Bu tashkilot tomonidan xorijda yashab-faoliyat yuritayotgan o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lgan o‘zbekistonlik vatandoshlar ishtirokida ekspertlik kengashi tuzilgan.

Endilikda, «Buyuk kelajak» XNNT O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha yangi takliflar taqdim etadi. Jumladan, 2021-yilga qadar qabul qilingan Harakatlar strategiyasi doirasida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Jumladan, turli soha mutaxassislaridan iborat ekspertlar kengashi a’zolarini faol jalb qilish orqali kelgusi yillar uchun ishlab chiqiladigan Davlat dasturlariga takliflar taqdim etib boradi. 

Tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonni yanada jadal rivojlanishi uchun xizmat qiladigan uzoq muddatli taklif va strategiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring