Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga qancha pul jo‘natilgani ma’lum

Yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga qancha pul jo‘natilgani ma’lum

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning birinchi choragida jismoniy shaxslar Rossiyadan O‘zbekistonga 726 million AQSh dollari miqdorida pul jo‘natgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foiz ko‘p. Bu haqda «CA-news» xabar bermoqda.

Bu haqdagi ma’lumotlar Rossiya markaziy bankining rasmiy sayti — «www.cbr.ru» saytiga joylashtirilgan.

Ikkinchi o‘rin Tojikistonga (487 million dollar), uchinchi o‘rin Qirg‘izistonga (434 million dollar) nasib qildi. Qozog‘istonga 143 million, Turkmanistonga 200 ming dollar pul jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga 3,9 milliard, Tojikistonga 2,5 milliard, Qirg‘izistonga 2,21 milliard va Qozog‘istonga 709 million dollar jo‘natilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring