Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda ichida 37 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

Qozog‘istonda ichida 37 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

Foto: «newsroom.kh.ua»

Bir nafar yo‘lovchi olgan jarohatlari natijasida kasalxonada vafot etgan. 

22-noyabr kuni Qozog‘istonning Chimkent–Samara trassasida Aralsk shahridan 40 km masofada Chimkent–Novosibirsk yo‘nalishli avtobus YTHga uchradi va ag‘darilib ketdi. Hodisa chog‘ida avtobusda 37 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan, deb xabar bermoqda «Today.kz».

Jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish va kasalxonaga yetkazish maqsadida voqea joyiga Aralsk tuman hokimiyati va tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yetib kelgan.

«Qizilo‘rda viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Akmaral Alnazarovaning ma’lum qilishicha, ikki kishi kasalxonaga yotqizilgan, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti, bir nafar yo‘lovchi olgan jarohatlari natijasida kasalxonada vafot etgan. Aralsk tuman hokimiyati tomonidan 17 nafar yo‘lovchi trassa yaqinidagi mehmonxonaga joylashtirildi. Qolganlar mustaqil ravishda Novosibirskka qaytib ketishdi», – deyiladi Qizilo‘rda hokimi axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring