Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-iyuldan semizlikka qarshi kurash boshlanadi

1-iyuldan semizlikka qarshi kurash boshlanadi

Illyustrativ foto

O‘tgan yil oktyabr oyida imzolangan Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil 1-iyuldan boshlab semizlikka qarshi kurash boshlanadi.

Bunda:

  • vazirlik, idora, korxona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasi, vazn indeksi), boshqa o‘tkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash baholash mezonlarini ishlab chiqib, reyting asosida tahlil qilish hamda natijalarni onlayn kuzatib borish tizimi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hududda:

➖ ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar sonining oshishiga;

➖ tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirishga;

➖ alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechishiga;

➖ semizlik va bevaqt o‘lim ko‘rsatkichlari kamayishiga qarab ishiga baho berish bo‘yicha reyting tizimi joriy etiladi.

Birinchi rahbarlardan o‘zlarining semizlik darajasi kamaytirish orqali qo‘l ostidagi xodimlariga «Shaxsiy namuna» bo‘lishi talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring