Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1 milliard so‘mlik gilam mahsulotlarini noqonuniy sotayotgan «tadbirkor» ushlandi

1 milliard so‘mlik gilam mahsulotlarini noqonuniy sotayotgan «tadbirkor» ushlandi

Illyustrativ surat

Bozor iqtisodiyotida «xufyona iqtisodiyot» degan atama bor. Bu – tadbirkorlikni yashirin tarzda amalga oshirish orqali soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash hamda sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatish deganidir.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi, Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi xabariga ko‘ra, Olmazor tumani yashovchi Begali Turg‘unov (ism familiyalar o‘zgartirilgan) 80 turdagi umumiy qiymati 1 milliard so‘mdan ziyod 1858 dona gilam mahsulotlarini hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda savdoga qo‘yganligi aniqlangan.

Ushbu savdo do‘konidagi bir-biridan bejirim gilamlar har qanday xaridorni o‘ziga jalb qilishi shubhasiz. Ammo, tadbirkordan mazkur mahsulotlarning kirim hujjatlari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomalar so‘ralganida sukut saqlashdan nariga o‘tmadi.

Yana bir fuqaro Furqat Asrorov (ism familiyalar o‘zgartirilgan) o‘tmasdan yashirin sex tashkil etib, erkaklar poyafzali ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi. Eng achinarlisi, yong‘in xavfsizligi, tibbiy gigenik qoidalarga zid ravishda faoliyat yuritayotgan ushbu korxonada 20 nafarga yaqin fuqaro norasmiy ravishda yollanib, ishlab kelmoqda.

Nazorat tadbiri davomida faoliyatini boshlab, ammo tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan ushbu fuqarolarga ro‘yxatdan o‘tish tartibi, soliq to‘lovlari, noqonuniy tadbirkorlikning salbiy oqibatlari hamda qonuniy faoliyat yuritishning afzalliklari batafsil tushuntirilgan. Shundan so‘ng ular soliq idoralari ham amaliy ham huquqiy ko‘magi bilan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilishini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring