Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-oktyabrdan shifokorlar attestatsiyadan o‘tkaziladi

1-oktyabrdan shifokorlar attestatsiyadan o‘tkaziladi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi «Koronavirus tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi  qarori doirasida, Sog‘liqni saqlash vazirligi va xududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xuzuridagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasini beruvchi ixtisoslashgan attestatsiya komissiyalari faoliyati to‘xtatilgan edi.

So‘ngra Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 3-iyundagi bayoniga muvofiq, karantin davrida muddati tugaydigan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga tegishli malaka toifasi berilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarning amal qilish muddati 2020-yilning 1-oktyabriga qadar uzaytirildi. Ushbu muddat yakunlangani munosabati bilan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 1- oktyabrdan qayta boshlanmoqda. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Vrachlar va farmatsevtlarga litsenziya berish va attestatsiyadan o‘tkazish respublika markazi direktori Ahror Yarqulov ma’lum qildi.

SSV xabariga ko‘ra, ixtisoslashgan attestatsiya imtihonlari barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda, ya’ni sanitayzerlar, teplovizorlar yoki pirometrlar bilan ta’minlangan,  tibbiy niqob taqilgan va ijtimoiy masofa saqlangan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring